Toşkentdagi Şimoliy (markaziy) vokzal qarşisida, xalq tilidagi sobiq “Tanga haykali” örnida Özbekistonning 65 metrli bayroği örnatilişi rejalaştirilmoqda. Bu haqda Mirobod tumani hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Bugun, 3-noyabr kuni Taras Şevçenko köçasining Nukus köçasidan Turkiston köçasigaça bölgan qismini zamonaviy sayilgoh va gastronomik köçaga aylantiriş loyihasi yuzasidan jamoatçilik eşituvi bölib ötdi.

Loyihaning umumiy maydoni 30 ming 975 kvadrat metrni taşkil etadi. Hududda 2 ming 770 kvadrat metr kökalamzorlaştiriş maydoni barpo etiş, 154 tup manzarali buta ekiş, şuningdek, qöşimça 74 tup dekorativ buta uçun maydon ajratiş közda tutilgan. Mavjud daraxtlarni asrab-avaylaş, ularga zarar yetkazmaslik va yaşil hududlarni yanada kengaytirişga alohida e’tibor qaratiladi.

Şuningdek, loyiha doirasida ikkita zamonaviy favvora, 10 ta savdo şoxobçasi, 48 ta avtomobilga möljallangan avtoturargoh taşkil etiş hamda mavjud avtoturargohni rekonstruksiya qiliş rejalaştirilgan.

Bundan taşqari, “Tanga haykali” nomi bilan maşhur bölgan sobiq “Toşkent gerbi” monumenti örnida balandligi 65 metr bölgan Özbekiston Respublikasi davlat bayroği ustunini örnatiş közda tutilgan.

Ma’lumot uçun, “Toşkent gerbi” monumenti Şimoliy vokzal qarşisidagi maydonga 1996-yilda örnatilib, 2018-yilda olib taşlangan.

