Viloyat FVBning xabar berişiça, 25-oktyabr kuni Farğona tumanida bir oilaning 7 nafar a’zosi, 1-noyabr kuni esa Qöqon şahrida 5 kişi is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Ta’kidlanişiça, mazkur holatlar xavfsizlik talablariga zid örnatilgan isitiş qozonlari sababli yuzaga kelmoqda. Yuqoridagi holatlarda ham Germaniyada foydalanişdan çiqarilib, utilizatsiyaga topşirilgan Vaillant rusumidagi ikki konturli qozonlar Özbekistonga noqonuniy olib kirilgan, qölbola usulda qayta jihozlanib, fuqarolarga yangi moslama sifatida sotilgan.
Bunday qozonlarga asl dudburon örniga yuqori haroratga çidamsiz polietilen quvurlar örnatilgan. FVB fuqarolarni bunday eski, qayta jihozlangan qozonlarni xarid qilmaslik va xonadonlarga örnatmaslikka çaqirdi.
Eslatib ötamiz, 25-oktyabr kuni Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida quriliş işlari olib borilayotgan hovlida 6 kişi is gazidan zaharlaniş oqibatida vafot etgan edi.

