“Gazeta”ning Toşkent şahar IIBBga tayanib, xabar berişiça, Tergov doirasida ikki kişi — M.X. va J.A. protsessual tartibda uşlangan. Xabarda boş harflari J.A. sifatida körsatilgan ikkinçi şaxs kimligi oşkor qilinmagan. Şuningdek, hozirça uşlanganlarga ayblov e’lon qilingani yoki kelgusida qanday ehtiyot çorasi tanlanişiga aniqlik kiritilmagan.
Ma’lumot uçun, Imarat Development rahbariyatiga nisbatan 1-noyabr kuni Jinoyat kodeksining 168- (Firibgarlik) va 192−11-moddalari (Nodavlat tijorat taşkilotida yoki boşqa nodavlat taşkilotida mansabdor şaxslar tomonidan vakolatlarni suiiste’mol qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
IIBB ma’lumotlariga köra, Imarat Development ofisi poytaxtning Sergeli tumanidagi Buyuk avlod köçasida joylaşgan bölsa-da, kompaniya tomonidan qurilişi rejalaştirilgan köp qavatli uylar Toşkent viloyatining Quyi Çirçiq tumanida joylaşgan. Turar joy majmualari poytaxt hududidan taşqarida joylaşgani sababli, ba’zi xaridorlar norozilik bildirib, xonadonlar uçun kiritilgan mablağlarni qaytarişni talab qilgan. Biroq, xabarda ta’kidlanişiça, pullar qaytarilmagan.

