Samarqand viloyatining Toyloq tumanida ikki nafar şaxs qöşni respublikadan 55 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositasini kontrabanda yöli bilan olib ötişga uringanda qölga olindi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, ular dala maydoniga yaşirib ketilgan 41 kg 200 gr opiy hamda 14 kg 550 gr gaşişni olgan vaqtida uşlangan. Aniqlanişiça, mazkur şaxslar bir yildan buyon bu iş bilan şuğullanib kelişgan. Narkokuryerlardan birining aytişiça, qöşni respublikadagi rahnamolari giyohvandlik vositalarini aytilgan manzilga yetkazib beriş uçun sumkasiga 5 ming dollardan pul va‘da qilgan.
Holat yuzasidan narkosavdogarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

