Xazna — 100 mln so‘mgacha onlayn mikroqarz
Bnj

Toshkent shahrining 12 tumanida tashkil etiladigan 100 ta sanitariya-gigiyena shoxobchasining manzillari tasdiqlandi. Bu haqda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 23-oktyabrdagi qarorida belgilangan.

Yangi shoxobchalar metro bekatlari, bozorlar, ko‘chalar kesishmalari va boshqa gavjum hududlarda joylashtiriladi. Jumladan, “Yangi O‘zbekiston bog‘i” avtoturargohi, Qo‘yliq, Turon va Mashinasozlar metro bekatlari atrofi, Oloy bozori yonidagi hudud hamda Xotira maydoni ro‘yxatga kiritilgan.

Tumanlar kesimida shoxobchalar soni:

  • Bektemir — 2 ta;
  • Mirzo Ulug‘bek — 8 ta;
  • Mirobod — 10 ta;
  • Olmazor — 9 ta;
  • Sergeli — 5 ta;
  • Uchtepa — 10 ta;
  • Chilonzor — 6 ta;
  • Shayxontohur — 12 ta;
  • Yunusobod — 12 ta;
  • Yakkasaroy — 4 ta;
  • Yangihayot — 12 ta;
  • Yashnobod — 10 ta.

Shoxobchalar soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi. Loyihalar muddati 10 yilgacha etib belgilangan. Hududlar yagona lot yoki alohida lotlarga ajratilgan holda ijaraga beriladi.

Yer uchastkalarining aniq chegaralari kadastr hujjatlari yoki hudud chizmalarida ko‘rsatiladi. Shahar hokimligi tasdiqlangan ro‘yxatga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif berishi mumkin.

By admin