Haftalik

Haftalik yangiliklar

Toshkent Osiyoda sayohat uchun eng yaxshi joylar ro‘yxatiga kirdi

Toshken

Toshkent “Condé Nast Traveler” xalqaro sayyohlik jurnali tomonidan “2026-yilda Osiyoda sayohat qilish uchun eng yaxshi joylar” ro‘yxatiga kiritildi.

Jurnal reytingida qayd etilishicha, poytaxt o‘zining tarix va zamonaviylik uyg‘unligi bilan sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. Qadimiy madrasalar va bozorlar yangi madaniy maydonlar bilan yonma-yon joylashgani tufayli, shahar sayohatchilar uchun boy va o‘ziga xos muhit yaratadi.

Nashrda Toshkent Markaziy Osiyoning madaniy turizm markaziga aylanib borayotgani ta’kidlanadi. Yaqinda ochilgan “Islom sivilizatsiyasi markazi” majmuasi va “Zamonaviy san’at markazi” galereyasi shaharni qadimiy an’analar va zamonaviy badiiy hayotni birlashtirgan maskanga aylantirgan.

Bugungi kunda Toshkent sayyohlar uchun nafaqat mamlakat bo‘ylab sayohatlarning boshlang‘ich nuqtasi, balki mustaqil turistik yo‘nalish sifatida ham qiziqish uyg‘otmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonga 8,6 milliondan ortiq xorijiy turist tashrif buyurgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,5 foizga ko‘pdir.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *