O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2026-yil 1-oktyabr holatiga 39 mln 535 ming 225 kishiga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi. Ko‘rsatkichda aholini ro‘yxatga olish natijalari ham hisobga olingan.
Aholi soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 692,2 ming kishiga yoki 1,8 foizga oshgan.
Hududlar orasida eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida qayd etilgan — 4 mln 462 ming 783 kishi. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati (4 mln 293 ming 1 kishi) va Toshkent viloyati (3 mln 799 ming 43 kishi) turibdi.
Qashqadaryo viloyatida 3 mln 746 ming 228 kishi, Andijon viloyatida 3 mln 574 ming 464 kishi, Toshkent shahrida esa 3 mln 278 ming 512 kishi istiqomat qiladi.
Boshqa hududlardagi doimiy aholi soni quyidagicha:
- Namangan viloyati — 3 mln 190 ming 767 kishi;
- Surxondaryo viloyati — 3 mln 30 ming 30 kishi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2 mln 166 ming 44 kishi;
- Xorazm viloyati — 2 mln 162 ming 68 kishi;
- Buxoro viloyati — 2 mln 125 ming 129 kishi;
- Jizzax viloyati — 1 mln 545 ming 176 kishi;
- Navoiy viloyati — 1 mln 196 ming 559 kishi;
- Sirdaryo viloyati — 965 ming 421 kishi.
Aholisi eng kam hudud Sirdaryo viloyati bo‘lib qolmoqda.

