“Ön ming qadam piyoda” aksiyasini amalga oşiriş va rağbatlantiriş tartibi töğrisidagi nizom loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
Unga köra, aksiyada iştirok etiş uçun “Ekofaol fuqaro” platformasidan röyxatdan ötiş lozim. Aksiya Özbekiston hududida bir yil mobaynida eng köp qadam yurgan, şuningdek, bir kunda 10 ming qadamdan kam yurmagan 18 yoş va undan yuqori yoşdagi Özbekiston fuqarolari iştirok etadi hamda qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanadi.
Bunda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahar va viloyatlar böyiça yuqori natija körsatgan iştirokçilar alohida, respublika böyiça 1–3-örinlar alohida aniqlanadi.
Boşqa şaxsning akkauntidan foydalaniş, elektron yuguriş yölagi, avtoulov, samokat, velosiped, skuterlar va boşqa texnika vositalaridan foydalaniş, texnik vositalar yordamida sun’iy ravişda qadamlarni köpaytiriş, platforma faoliyatiga noqonuniy aralaşiş taqiqlanadi. Sun’iy ravişda qadamlar sonini oşirişga qaratilgan harakatlar aniqlangan taqdirda, fuqaro çetlaştiriladi va natijalar bekor qilinadi.
Bir yil mobaynida eng köp qadam yurgan 1–3-örinni egallagan iştirokçilar hamda hududlarda yuqori natija körsatgan iştirokçilarni taqdirlaş har yili dekabr oyida ötkaziladi.
Nizom loyihasining muhokamasi 13-noyabrga qadar davom etadi.

