Haftalik

Haftalik yangiliklar

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi o‘rinbosari kioskani noqonuniy olib tashlagani uchun jarimaga tortildi

Ksde

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida hokim o‘rinbosari matbuot kioskasini noqonuniy olib tashlagani uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda Biznes ombudsman idorasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Matbuot tarqatuvchi” AJ tuman hokimligi xatti-harakatidan norozi bo‘lib Biznes ombudsmanga murojaat qilgan. O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 21-fevral kuni tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari “Buyuk ipak yo‘li” metro bekati chiqish qismida joylashgan matbuot kioskasini hech qanday hujjatlarsiz olib tashlagani aniqlangan.

Qonunchilikka ko‘ra, davlat organi mansabdor shaxsi tomonidan xususiy mulk huquqini noqonuniy cheklash yoki mulkni olib qo‘yish BHMning 40 baravaridan 80 baravarigacha miqdorda jarima qo‘llanishiga sabab bo‘ladi. Ushbu holatda mansabdor shaxs tomonidan aynan shunday huquqbuzarlik sodir etilgani qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-1-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, unga nisbatan jarima jazosi qo‘llangan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *