Haftalik

Haftalik yangiliklar

Qo‘qonga 11 mingdan ortiq kuchli ta’sir qiluvchi dori olib ketayotganlar ushlandi

Kiu

Farg‘ona viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tezkor tadbir Farg‘ona viloyati hududida DXX xodimlari tomonidan bojxona va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan.

Unda Qo‘qon shahrida yashovchi 1994 va 2002-yillarda tug‘ilgan ikki shaxs hamda Qo‘shtepa tumanida istiqomat qiluvchi 2001-yilda tug‘ilgan fuqaro qo‘lga olingan.

Aniqlanishicha, ular qo‘shni respublikadan noqonuniy olib kirilgan 11 650 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini Farg‘ona tumani hududida qabul qilib olgan.

So‘ngra Qo‘qonga qaytib ketayotgan vaqtlarida Uchko‘prik tumani hududida tezkor guruh tomonidan to‘xtatilgan. Tekshiruv jarayonida ular dori vositalarini avtomashinadan uloqtirib, qochishga uringan, biroq buning uddasidan chiqa olmagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu shaxslar mazkur dorilarni Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida sotish bilan shug‘ullanib kelgan.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekistonda giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq 2 533 ta jinoyat hamda 313 ta ma’muriy huquqbuzarlik aniqlangan. Bu holatlarning 54 foizi Toshkent shahri, Farg‘ona viloyati va Toshkent viloyati hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *