Mju

O‘zbekistonda 2026-yilning birinchi yarmida 50 yosh va undan katta 694 nafar ayol turmush qurgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Yanvar–iyun oylarida mamlakatdagi FHDY organlarida jami 92,3 mingta nikoh qayd etilgan.

Nikohdan o‘tgan ayollarning asosiy qismini 20–30 yoshdagilar tashkil etgan. Ushbu davrda shu yosh toifasidagi 49 280 nafar ayol turmush qurgan.

Shuningdek, 20 yoshgacha bo‘lgan 32 902 nafar, 31–40 yoshdagi 7 570 nafar ayol nikohdan o‘tgan.

41 yosh va undan katta ayollar orasida jami 2 562 ta nikoh qayd etilgan. Ularning 694 nafari 50 yosh va undan katta ayollardir.

By admin