Mlo

Xorijda ishlab, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar uchun biznesni rivojlantirishga mo‘ljallangan grant tanlovi e’lon qilindi. G‘oliblar 60 mln so‘mgacha mablag‘ olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Migratsiya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, tanlov agentlik va Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot hamkorligida, Shvetsiya Adliya vazirligining moliyaviy ko‘magida tashkil etilmoqda.

Tanlovda 2025–2026-yillarda xorijda ishlab, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar ishtirok etishi mumkin. Unda xotin-qizlarning faol ishtiroki alohida qo‘llab-quvvatlanadi.

Tanlov doirasida biznesni rivojlantirish bo‘yicha aniq va asoslangan g‘oyaga, yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatiga, shuningdek, mavjud biznesning barqarorligi va samaradorligiga ustuvorlik beriladi.

G‘oliblar o‘z biznesini rivojlantirish uchun 60 mln so‘mgacha grant bilan taqdirlanadi.

Arizalar 21-sentyabrga qadar qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish uchun maxsus forma orqali murojaat qilish mumkin.

By admin