Haftalik

Haftalik yangiliklar

Migratsiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni vatanga qaytishda yordam so‘rashga chaqirdi

Mnl

Migratsiya agentligi Rossiyada ishlayotgan va O‘zbekistonga qaytishda moliyaviy yoki boshqa jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan fuqarolarni yordam so‘rashni kechiktirmaslikka chaqirdi.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyada ishlash davrida og‘ir moliyaviy ahvol yoki boshqa murakkab vaziyat sabab O‘zbekistonga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasiga murojaat qilishi mumkin.

Vakolatxona va hududiy vakillar tun-u kun, 24/7 rejimda faoliyat yuritmoqda.

Murojaat uchun:

  • Call-markaz: +7 (499) 230-00-32, +7 (499) 230-00-76;
  • Ishonch telefoni: +7 (925) 045-47-44.

Hududiy vakillar bilan quyidagi raqamlar orqali bog‘lanish mumkin:

  • Sankt Peterburg: +7 (951) 680-95-97, +7 (965) 772-70-79;
  • Yekaterinburg: +7 (936) 251-76-21, +7 (922) 186-35-66;
  • Samara: +7 (925) 750-87-57;
  • Novosibirsk: +7 (925) 743-89-03, +7 (932) 327-00-04;
  • Krasnodar: +7 (918) 173-00-09;
  • Vladivostok: +7 (964) 431-16-16.

Agentlikning ta’kidlashicha, har bir murojaat individual o‘rganiladi va zarur amaliy yordam ko‘rsatiladi. Vatanga qaytish uchun belgilangan tartibda transport xarajatlari ham qoplab beriladi.

“Biz bilan bog‘laning — sizga yordam berishga tayyormiz”, deyiladi agentlik xabarida.

One thought on “Migratsiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni vatanga qaytishda yordam so‘rashga chaqirdi

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *