Haftalik

Haftalik yangiliklar

Peshku tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bn

Anvar Hamroyev 21-avgust kuni Buxoro viloyatining Peshku tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar Anvar Hamroyev Buxoro viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

2024-yil noyabridan Peshku tumani hokimi sifatida faoliyat yuritgan Hayot Davlatov esa 2026-yil iyun oyida Buxoro viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan.

Anvar Hamroyev 1978-yilda Buxoro tumanida tug‘ilgan. U 1997-yilda Buxoro kooperativ texnikumini, 2003-yilda esa Buxoro davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi — moliyachi va iqtisodchi.

Hamroyev mehnat faoliyatini Buxoro tumani statistika bo‘limi mutaxassisi sifatida boshlagan. Keyinchalik Buxoro tumani bandlikka ko‘maklashish markazi direktori, Kogon tumani hokimining birinchi o‘rinbosari hamda viloyat hokimligi boshqaruv apparati kotibiyat mudiri lavozimlarida ishlagan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *