Haftalik

Haftalik yangiliklar

Yakkasaroydagi qurilish obyektida yer o‘pirildi

Gc

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi qurilish obyektlaridan birida yer cho‘kishi va o‘pirilishi sodir bo‘ldi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, hodisa Better Best MChJga qarashli qurilish obyekti hududidagi kanalizatsiya tarmog‘ida yuzaga kelgan texnik nosozlik oqibatida sodir bo‘lgan. Nosozlik sabab quvurga shikast yetgan va yer qoplamasining qisman cho‘kishi hamda o‘pirilishi kuzatilgan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Ayni paytda voqea joyida shahar mas’ullari, kommunal xizmatlar hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘rganish va tiklash ishlari olib borilmoqda.

Mutaxassislar hodisaning kelib chiqish sabablarini aniqlash, nosozlikni bartaraf etish, hududni xavfsiz holatga keltirish hamda bunday holatlar takrorlanishining oldini olish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmoqda.

Yakkasaroy tumani hokimligi o‘rganish ishlari yakunlangach, hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishini bildirdi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *