Haftalik

Haftalik yangiliklar

Toshkent va Samarqandda harbiylar uchun ijara puli 25 foizga oshirildi

Mil

Toshkent va Samarqand shaharlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarga turar joyni ijaraga olganlik uchun to‘lanadigan har oylik pul kompensatsiyasi miqdori 25 foizga oshirildi.

Bu Hukumatning 2026-yil 7-iyuldagi qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-iyuldagi 169-son qaroriga kiritilgan o‘zgartirishlarda belgilandi.

Yangi tartibga ko‘ra, harbiy xizmatchilarga ijara xarajatlari uchun quyidagi miqdorlarda kompensatsiya to‘lanadi:

  • Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 6 baravarigacha;
  • Samarqand shahrida — BHMning 4,5 baravarigacha;
  • Nukus shahri va boshqa viloyatlar markazlarida — BHMning 3,6 baravarigacha.

Shuningdek, harbiy xizmatchining oila a’zolari soni uch kishi va undan ortiq bo‘lsa, belgilangan pul kompensatsiyasi miqdori 50 foizga oshiriladi.

Mazkur o‘zgartirish Prezidentning 2026-yil 8-iyundagi qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi. Ushbu hujjat bilan Toshkent va Samarqand shaharlarida harbiy xizmatchilarga ijara uchun to‘lanadigan kompensatsiyani 25 foizga oshirish nazarda tutilgan edi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *