Haftalik

Haftalik yangiliklar

Oliy sud plenumi ilk bor jonli efirda namoyish etiladi

Kpp

3-iyul kuni soat 10:00 da Oliy sud plenumining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, majlisda fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rish amaliyoti muhokama qilinadi.

Shuningdek, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sudlarda da’voni ta’minlash (dastlabki himoya) choralarini qo‘llashning ayrim masalalari ham ko‘rib chiqiladi.

Kun tartibidan Oliy sud va sobiq Oliy xo‘jalik sudi plenumlarining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga oid qaror loyihalarini muhokama qilish ham o‘rin olgan.

Oliy sud ma’lum qilishicha, mazkur plenum majlisi ilk bor Oliy sudning Interaktiv xizmatlari portali orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda namoyish etiladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *