Haftalik

Haftalik yangiliklar

Xavfsizlik kamarini taqishga monelik qiluvchi kasalligi bor fuqarolar ma’lumotnomani onlayn olishi mumkin

Km

O‘zbekistonda avtotransport boshqarishda xavfsizlik kamarini taqishga to‘sqinlik qiluvchi kasalligi mavjud fuqarolar uchun tibbiy ma’lumotnomani onlayn olish imkoniyati yaratildi.

Endilikda ushbu hujjatni my.gov.uz portali yoki uning mobil ilovasi orqali yuklab olish mumkin.

Yangi xizmat fuqarolarni poliklinikalarga qayta-qayta borish, navbat kutish va ortiqcha qog‘ozbozlikdan xalos etishga qaratilgani qayd etildi.

Ma’lumotnoma xavfsizlik kamarini taqishga to‘sqinlik qiluvchi kasallik tashxisi qo‘yilgan fuqarolar uchun mo‘ljallangan.

Hujjatni olish uchun foydalanuvchi portal yoki mobil ilovaga kirib, “Ma’lumotnomalar” bo‘limidan tegishli xizmatni tanlashi va shakllangan ma’lumotnomani yuklab olishi mumkin.

Qayd etilishicha, ma’lumotnoma avtomatik tarzda shakllanishi uchun fuqaro avval tibbiyot muassasasida shifokorlar ko‘rigidan o‘tgan bo‘lishi kerak. Shifokorlar tomonidan berilgan tibbiy xulosa elektron bazaga kiritilgach, ma’lumotnoma portalda avtomatik ravishda yaratiladi.

Mazkur hujjat tibbiy xulosada ko‘rsatilgan muddat davomida amal qiladi. Xizmat bepul taqdim etiladi va uni rasmiylashtirish uchun qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *