Nukuslik 11 yoshli Jahongir Sodiqov FIFA World Cup 2026 doirasida O‘zbekiston va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv oldidan rasmiy o‘yin to‘pini maydonga olib chiqdi.
Uchrashuv 23 iyun kuni AQShning Houston shahrida bo‘lib o‘tdi. O‘yin boshlanishidan avval Jahongir FIFAning rasmiy o‘yin to‘pi bilan maydonga chiqib, musobaqaning an’anaviy marosimida ishtirok etdi.
Ma’lum qilinishicha, u bu imkoniyatni Kia va FIFA World Cup 2026 hamkorligida tashkil etilgan bolalar tanlovida g‘olib bo‘lgani evaziga qo‘lga kiritgan.
Kia Uzbekistan ma’lumotiga ko‘ra, Jahongirning mazkur marosimdagi ishtiroki kompaniyaning FIFA World Cup 2026 bilan hamkorlikdagi maxsus tashabbusi doirasida amalga oshirilgan.
Portugaliyaga qarshi uchrashuv o‘zbekistonlik muxlislar uchun alohida ahamiyat kasb etdi. Sababi, bu O‘zbekiston terma jamoasining AQSh maydonlaridagi ilk o‘yini bo‘ldi. Terma jamoa mundialdagi dastlabki uchrashuvini avvalroq Meksikada o‘tkazgandi.
Jahongir Sodiqovning FIFA jahon chempionati kabi nufuzli musobaqadagi marosimda ishtiroki o‘zbekistonlik yoshlar uchun ham unutilmas voqea sifatida e’tirof etilmoqda.