Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekiston–Portugaliya o‘yini kuni Toshkent metrosi tungi soat 01:00 gacha ishlaydi

Metro

O‘zbekiston va Portugaliya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘tkaziladigan 23-iyun kuni Toshkent metropoliteni ish vaqti bir soatga uzaytiriladi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, futbol bo‘yicha Jahon chempionati doirasidagi muhim bahs kuni poytaxtning turli hududlarida muxlislar harakati sezilarli darajada ortishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida metro poyezdlari tungi soat 01:00 gacha harakatlanadi.

“Qo‘shimcha ish rejimi futbol muxlislarining uchrashuvdan so‘ng o‘z manzillariga xavfsiz, qulay va tezkor yetib borishlari uchun xizmat qiladi”, deyiladi metropoliten ma’muriyati axborotida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichi ikkinchi turi uchrashuvi 23-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

Shuningdek, futbol muxlislari uchrashuvni poytaxtning barcha tumanlarida o‘rnatiladigan katta ekranlar orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri tomosha qilishi mumkin. O‘yin translyatsiyasi Toshkent bo‘ylab tashkil etiladigan maxsus fan-zonalarda namoyish etiladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *