Haftalik

Haftalik yangiliklar

Toshkent hokimligi idoralar ish vaqtini 8:00 dan 17:00 gacha o‘zgartirishni taklif qildi

Ml

Toshkent shahar hokimligi shahar va tuman hokimliklari, shahar boshqarmalari hamda ularga qarashli bo‘linmalarda ish vaqtini 8:00 dan 17:00 gacha belgilashni taklif qilmoqda.

Bu bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish uchun so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar amaldagi jadvalga nisbatan ishni bir soat ertaroq boshlaydi va bir soat ertaroq yakunlaydi.

Hokimlikning ta’kidlashicha, yangi grafik shahar aholisi va davlat xizmatlari ish vaqtini uyg‘unlashtirishga yordam beradi. Shuningdek, bir nechta idora ishtirokini talab qiladigan masalalarni tezroq muvofiqlashtirish va ertalabki tig‘iz vaqtda yo‘llarga tushadigan yuklamani kamaytirish kutilmoqda.

Ertalabki tirbandlikni kamaytirish ko‘zda tutilmoqda

Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tahliliga ko‘ra, turli tashkilotlarning ish boshlash vaqtlarini muvofiqlashtirish transport oqimlarini bir maromda taqsimlashga xizmat qilishi mumkin.

Agar yangi ish grafigi joriy etilsa, tushlik vaqti ham unga mos ravishda o‘zgartiriladi.

Yangi tartib bo‘yicha yakuniy qaror jamoatchilik fikri o‘rganilgach qabul qilinadi.

Taklif aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan taqdirda, u belgilangan tartibda kasaba uyushmalari tashkilotlari bilan kelishish uchun kiritiladi.

So‘rovnoma natijalari 28-avgust kuni sarhisob qilinadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *