Haftalik

Haftalik yangiliklar

Jo‘rabek Mirzamahmudov energetika vaziri lavozimidan ozod etildi

Bb

Prezidentning tegishli farmoni bilan Jo‘rabek Mirzamahmudov energetika vaziri lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Sherzod Xo‘jayev O‘zbekiston energetika vaziri etib tayinlandi.

27-iyul kuni Sherzod Xo‘jayev energetika vaziri lavozimiga tayinlanishi munosabati bilan Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori lavozimidan ham ozod etildi. Bundan avval uning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.

Sherzod Xo‘jayev mehnat faoliyati davomida energetika sohasida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan. Xususan, u 2019–2023-yillarda energetika vazirining o‘rinbosari bo‘lib faoliyat yuritgan. Keyinchalik Energetika vazirligi huzuridagi elektr energetikasi tarmog‘ini isloh qilish bo‘yicha loyiha ofisiga rahbarlik qilgan.

2024-yildan buyon esa Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Jo‘rabek Mirzamahmudov esa 2022-yil dekabr oyidan buyon energetika vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. U mazkur lavozimga tayinlanishidan avval “O‘zatom” agentligi hamda “O‘zkimyosanoat” kompaniyasiga rahbarlik qilgan, shuningdek, energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ham ishlagan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *