Haftalik

Haftalik yangiliklar

Toshkentdagi xususiy bog‘chada bolalarga qo‘pol munosabat qilingani yuzasidan tekshiruv boshlandi

Bhi

Toshkentdagi Rayyona Kids nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachilar tomonidan bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lingani aks etgan holat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nazoratiga olindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda tarbiyachilar bolalarga tazyiq o‘tkazgani aks etgan. Xususan, tasvirlarda bolalardan birining og‘ziga mato tiqilgani, yana birining qo‘li eshik bilan qisib qo‘yilgani ko‘rinadi.

Vazirlik ma’lum qilishicha, voqeaning barcha tafsilotlari o‘rganilib, kasb etikasi qoidalariga rioya qilmagan hamda holat uchun mas’ul bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlariga qonunchilik doirasida tegishli choralar ko‘riladi.

Shuningdek, litsenziya talablariga javob bermaydigan hamda videoda aks etgan kabi holatlarga yo‘l qo‘ygan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining litsenziyasini bekor qilish yuzasidan ham tegishli choralar ko‘rilishi bildirildi.

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *