Haftalik

Haftalik yangiliklar

Apple O‘zbekistonda elektron xizmatlar bo‘yicha eng yirik xorijiy soliq to‘lovchiga aylandi

Rr

O‘zbekistonda 2025-yilda elektron xizmatlar sohasida eng yirik xorijiy soliq to‘lovchi Apple bo‘ldi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi axborotida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 78 ta xorijiy kompaniya tomonidan jami 181,3 milliard so‘m soliq to‘langan. Ushbu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan qariyb 50 foizga ko‘p.

Eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniyalar reytingida Apple 49,5 milliard so‘m bilan yetakchilik qilgan. Undan keyingi o‘rinlarda Meta — 49 milliard so‘m, Google — 44,4 milliard so‘m va OpenAI — 11,7 milliard so‘m bilan qayd etilgan. Shuningdek, Booking.com tomonidan 4,3 milliard so‘m soliq to‘langan.

Bundan tashqari, ayrim yirik xorijiy kompaniyalar tomonidan to‘langan soliq miqdori quyidagicha bo‘lgan: TikTok — 3,5 milliard so‘m, Netflix — 1,8 milliard so‘m, Acca — 1,6 milliard so‘m, Xsolla — 1,5 milliard so‘m, Amazon — 1,4 milliard so‘m.

Ma’lumot uchun, elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari soliq hisobotlarini hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay taqdim etadi hamda belgilangan tartibda soliqlarni to‘laydi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *