Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida mahkum vafot etgani haqida tarqalgan ma’lumotlar haqiqatga mos emasligi ma’lum qilindi.
Viloyat prokuraturasining xabariga ko‘ra, 23-noyabr kuni jazo muddatini o‘tayotgan mahkum Sh.S.ning sog‘lig‘ida o‘zgarish kuzatilgan va unga zarur, malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Shuningdek, mazkur videomurojaatdagi holatlar yuzasidan Navoiy maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv jarayoni har tomonlama va xolisona o‘tkazilishi, yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanishi bildirildi.