Haftalik

Haftalik yangiliklar

Prezident yig‘ilishida Denov va Chiroqchi tumanlari hokimlari ishdan olinishi belgilandi

Edf

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ikki tuman hokimining lavozimidan olinishi ma’lum qilindi.

Davlat rahbari Uzun tumanini namunaviy hududlardan biri sifatida qayd etdi. 51 ta mahallasi bo‘lgan tumanga joriy yilda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik dasturlari uchun 160 milliard so‘m yo‘naltirilgan. Hududga 70 million dollar xorijiy investitsiya jalb etilib, 47 ta korxona ishga tushdi, 300 ta servis obyektida mingdan ortiq ish o‘rni yaratildi.

Bundan tashqari, 9 ta mahalla uzumchilikka ixtisoslashtirilib, kooperatsiya yo‘lga qo‘yildi, 2 mingdan ziyod mikroloyiha orqali 4 200 nafarga yaqin fuqaro daromad olishni boshladi. Natijada, Uzun tumanida kambag‘allik darajasi yil boshidagi 10,5 foizdan 3 foizgacha qisqardi.

Shu bilan birga, Uzun tumaniga nisbatan 4,5 baravar ko‘p mablag‘ olgan Denov tumani hokimligi ishlarni samarali tashkil qilmagani ta’kidlandi. Kambag‘al oilalar reyestriga kirgan 1 200 ta oila daromadida o‘zgarish kuzatilmagani qayd etildi.

Xuddi shunday, Chiroqchi tumaniga tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 309 milliard so‘m kredit resursi ajratilgan bo‘lsa-da, tuman hokimligi aholiga ularning imkoniyatiga mos tayyor loyihalarni taqdim etmagani tanqid qilindi.

Shu sababli Denov tumani hokimi I. Abrorov va uning birinchi o‘rinbosari Sh. To‘raqulov, Chiroqchi tumani hokimi F. Yusupov hamda uning birinchi o‘rinbosari Z. Ergashev lavozimidan olinishi belgilandi.

Yig‘ilishda ayrim tuman hokimlari bandlik masalalarida ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yayotgani ham qayd etildi.

Bosh vazirga Yashnobod, Buxoro, G‘ijduvon, Koson, Xatirchi, Qumqo‘rg‘on, Yangiyo‘l, O‘zbekiston, Guliston, Yakkabog‘, Andijon, Parkent, Toshkent, Nurobod, Uchtepa, Chortoq, Davlatobod, Oltinko‘l, Qiziriq va Kogon tumanlari hokimlariga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish topshirildi.

Shuningdek, mahallalarga biriktirilgan bankirlarning ayrimlari davlatning arzon resurslarini samarasiz loyihalarga ajratayotgani tanqid qilindi. Mas’ullarga mahallalarda loyihalar samaradorligini o‘rganish, nazoratni kuchaytirish va intizomni ta’minlash topshirildi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *