Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda O‘RI bilan kasallanish epidemik bo‘sag‘adan 36 foizga past — Sanepidqo‘mita

Or

O‘zbekistonda o‘tkir respirator infeksiyalar (O‘RI) bilan kasallanish ko‘rsatkichlari epidemik bo‘sag‘adan 36,5 foizga past, deb xabar bermoqda Sanepidqo‘mita.

Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublika hududida epidemiologik vaziyat muntazam nazorat qilib borilmoqda. Rossiya Federatsiyasi va qo‘shni mamlakatlarda gripp va O‘RI bo‘yicha mavsumiy ko‘tarilish kuzatilayotgan bo‘lsa-da, O‘zbekistonda vaziyat barqarorligicha qolmoqda. Shu bilan birga, aviaqatnovlar, mehnat migratsiyasi va xizmat safarlari orqali infeksiyaning chetdan kirib kelishi va tarqalishi xavfi mavjud.

Kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash maqsadida Sanepidqo‘mita tizimidagi 15 ta virusologiya laboratoriyalarida gripp va grippga o‘xshash kasalliklar bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

Yosh guruhlari bo‘yicha tahlillarga ko‘ra, eng yuqori kasallanish ko‘rsatkichi 0–1 yoshli bolalarda qayd etilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *