Kim

Turli og‘irlikdagi jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvda bo‘lgan 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi Birlashgan Arab Amirliklarida ushlandi. Bu haqda Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston va BAA Interpol Milliy markaziy byurolarining muvofiqlashtirilgan harakatlari hamda ikki davlat vakolatli organlarining hamkorligi natijasida zarur tartib-taomillar amalga oshirilgan.

Natijada xalqaro qidiruvda bo‘lgan ushbu fuqarolarni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish ta’minlangan.

IIV Interpol MMB tashabbusi bilan 2026-yil boshidan buyon qidiruvda bo‘lgan 16 nafar shaxs BAAni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan.

By admin