Haftalik

Haftalik yangiliklar

    Toshkentda YPX motosikllari Onix bilan to‘qnashdi, bir inspektor halok bo‘ldi

    Ngj

    Toshkent shahrida patrullik motosikllari va Onix avtomobili ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir nafar yo‘l patrul xizmati xodimi vafot etdi.

    Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 2026-yil 16-iyul kuni soat 18:30 atrofida poytaxtning Do‘rmon yo‘li ko‘chasida yuz bergan.

    Qayd etilishicha, uch nafar YPX inspektori patrullik motosikllarida harakatlanib ketayotgan vaqtda G‘azalkent ko‘chasidan chorrahaga kirib kelgan Onix rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

    Hodisa oqibatida patrullik motosiklini boshqarib kelgan bir nafar YPX xodimi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. YTHda jarohat olgan boshqa fuqarolar va xodimlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

    Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur hodisa kortej kuzatuvi vaqtida sodir bo‘lgani haqida taxminlar tarqalgan. Biroq YHXX ushbu ma’lumotlarni rad etib, ular mutlaqo asossiz ekanini ma’lum qildi hamda fuqarolarni tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslikka chaqirdi.

    Hozirda hodisa yuzasidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *