Haftalik

Haftalik yangiliklar

    O‘zbekistonda pasport va ID-kartani yo‘qotganlik uchun jarima bekor qilinishi mumkin

    Jkk

    O‘zbekistonda pasport, ID-karta yoki xorijga chiqish pasportini yo‘qotib qo‘ygan fuqarolarni ma’muriy javobgarlikka tortish amaliyotidan voz kechish rejalashtirilmoqda. Buning o‘rniga yangi hujjatni rasmiylashtirishda qo‘shimcha davlat boji undirish tizimi joriy etilishi mumkin.

    Bu prezidentning 15-iyuldagi “Aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish hamda fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan.

    Hujjatga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi 2026-yil oktyabriga qadar pasport, ID-karta yoki xorijga chiqish pasporti yo‘qotilganda yoxud yaroqsiz holga keltirilganda fuqarolarni ma’muriy javobgarlikka tortmasdan, qo‘shimcha davlat boji to‘lash orqali yangi hujjat rasmiylashtirish tartibini joriy etish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritishi kerak.

    Mazkur tashabbusni amalga oshirish uchun tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishi belgilangan.

    Agar takliflar ma’qullansa, pasport va ID-kartani yo‘qotgan fuqarolar jarima to‘lash o‘rniga belgilangan miqdordagi qo‘shimcha davlat boji evaziga yangi hujjat olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *