Namangan viloyatida Sirdaryo daryosida cho‘milgan yigit suvga cho‘kib ketdi. Hozirda qutqaruvchilar tomonidan qidiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa Namangan tumani “Oq yer” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosida sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, 1999-yilda tug‘ilgan, Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida yashovchi fuqaro cho‘milish vaqtida ehtiyotsizlik oqibatida suvga cho‘kib ketgan.
Mazkur holat haqida 12-iyul kuni soat 18:26 da 112 qisqa raqami orqali xabar kelib tushgan.
Shundan so‘ng Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Maxsus qidiruv-qutqaruv otryadi g‘avvoslari tomonidan suv ostida, Namangan tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari tomonidan esa suv yuzasida qidiruv ishlari boshlangan.
Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari uzluksiz davom ettirilmoqda.
