Haftalik

Haftalik yangiliklar

Qamashidagi oilaviy bog‘chada 3 yoshli bola avtomobilda unutib qoldirilib, vafot etdi

Ec7be5720badeb4952b65a635216

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida joylashgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 3 yoshli bola vafot etdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hodisa 4-iyun kuni Qamashi tumanining “Zafar” mahallasida faoliyat yuritgan yakka tartibdagi tadbirkor O.A.ga tegishli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 3 yoshli bola muassasa xodimlarining e’tiborsizligi oqibatida avtomobilda unutib qoldirilgan va shu yerning o‘zida vafot etgan.

Vazirlik ma’lumotida ta’kidlanishicha, mazkur ta’lim tashkiloti rahbariyati va mas’ul xodimlari bolalarni avtotransport vositalarida tashish qoidalari hamda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan avval ham tegishli tashkilotlar tomonidan muntazam ogohlantirib kelingan. Biroq belgilangan talab va majburiyatlarga amal qilinmagan.

Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor O.A. bilan tuzilgan tegishli bitim hujjatlari bekor qilingani ma’lum qilindi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *