Haftalik

Haftalik yangiliklar

Sud apparati xodimlari ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi

Gf

Prezident farmoni bilan sudlar apparatida kadrlarni boshqarish va nazorat qilishning zamonaviy tizimi joriy etiladi. Unda HR-menejment mexanizmlaridan keng foydalanish nazarda tutilgan.

Hujjatga ko‘ra, 2026-yil yakuniga qadar sud apparati xodimlarini ishga qabul qilishning ochiq tanlov tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda nomzodlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalari bilan bir qatorda ma’naviy-axloqiy fazilatlari hamda halollik darajasi ham baholanadi.

Shuningdek, vakant lavozimlarni e’lon qilish va nomzodlarni saralash jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida vacancy.sud.uz portali hamda sud tizimi xodimlari bilan ishlashga mo‘ljallangan SudHR elektron platformasi ishlab chiqilib, ishga tushiriladi.

Farmonga muvofiq, sud tizimiga oliy yuridik ma’lumotga va ilmiy salohiyatga ega kadrlarni jalb etish uchun mamlakatning yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda Boshqaruv samaradorligi agentligi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, 2026-yil sentyabriga qadar Odil sudlov akademiyasida sudyalar va sud apparati xodimlari uchun manfaatlar to‘qnashuvi hamda korrupsiyaning oldini olishga bag‘ishlangan “real keyslar” asosidagi o‘quv-amaliy modul joriy etiladi.

Qayd etilishicha, mazkur chora-tadbirlar sud tizimida kadrlar salohiyatini oshirish, ishga qabul qilish jarayonlarining shaffofligini ta’minlash hamda korrupsiyaviy xavflarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *