2026-yilning yanvar—mart oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 293,6 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining qariyb 40 foizi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan. Hisobot davrida poytaxtda 117,3 trillion so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.
Hududlar kesimida ikkinchi eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand viloyatida qayd etilgan bo‘lib, u yerda bozor xizmatlari hajmi 21,6 trillion so‘mni tashkil qilgan.
Keyingi o‘rinlarda Toshkent va Farg‘ona viloyatlari joylashgan. Har ikki hududda ham uch oy davomida 19,8 trillion so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.
Shuningdek, Namangan viloyatida 14,8 trillion so‘m, Andijon viloyatida 14,4 trillion so‘m, Qashqadaryo viloyatida 14,1 trillion so‘m, Buxoro viloyatida 11,7 trillion so‘m hamda Xorazm viloyatida 10,3 trillion so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.
Surxondaryo viloyatida bozor xizmatlari hajmi 9,7 trillion so‘mni, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9,3 trillion so‘mni, Navoiy viloyatida 7,1 trillion so‘mni va Jizzax viloyatida 6,8 trillion so‘mni tashkil etgan.
Eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida qayd etilgan bo‘lib, hududda yanvar—mart oylarida 3,9 trillion so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.
Ma’lumotlar bozor xizmatlari hajmi bo‘yicha Toshkent shahri mamlakatning boshqa hududlaridan sezilarli ustunlikka ega ekanini ko‘rsatmoqda. Poytaxt hissasiga to‘g‘ri kelgan xizmatlar hajmi ayrim viloyatlar ko‘rsatkichidan bir necha barobar yuqori bo‘lgan.