Haftalik

Haftalik yangiliklar

    Qirg‘iziston O‘zbekistondan olib borilgan 21 tonna tarvuzni ortga qaytardi

    Bok

    Qirg‘iziston O‘zbekistondan eksport qilingan 21 tonna tarvuzni fitosanitariya talablariga rioya qilinmagani sabab ortga qaytardi.

    Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tarvuzlar 28-may kuni “Do‘stlik” chegara postida fitosanitariya nazoratidan o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida karantin ostidagi mahsulot qadog‘ida majburiy markirovka — yorliq mavjud emasligi aniqlangan.

    Qayd etilishicha, bu holat Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining karantin fitosanitariya talablarini buzish hisoblanadi. Shu sababli yukni Qirg‘iziston hududiga olib kirishga ruxsat berilmagan va mahsulot amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq O‘zbekistonga qaytarilgan.

    Bu Qirg‘iziston tomonidan O‘zbekistondan olib kirilgan mahsulotlarning fitosanitariya talablariga mos kelmagani uchun qaytarilishi bilan bog‘liq ilk holat emas.

    Xususan, 2025-yilda Qirg‘iziston O‘zbekistondan eksport qilingan 3,5 tonna pistani ham ortga qaytargan edi. Bunga mahsulot qadog‘ida majburiy markirovka mavjud bo‘lmagani sabab bo‘lgan.

    Shuningdek, o‘sha yili O‘zbekistondan eksport qilingan 21 tonna qovun ham qaytarilgan. Tekshiruv vaqtida qovunlar fitosanitariya sertifikatida ko‘rsatilmagan somon ustida tashilgani aniqlangan. Mutasaddilar ta’kidlashicha, somon fitosanitar xavfi yuqori mahsulotlar sirasiga kiradi va uning tarkibida begona o‘t urug‘lari bo‘lishi mumkin.

    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *