Haftalik

Haftalik yangiliklar

    Qurbon hayitida 2 millionga yaqin fuqaro hayit namozlarida qatnashishi kutilmoqda

    Kilm

    Qurbon hayiti kunlari O‘zbekistondagi 2100 dan ortiq masjidda hayit namozlari o‘qiladi. IIV Jamoat xavfsizligi departamenti ma’lumotiga ko‘ra, ularda qariyb 2 million fuqaroning ishtirok etishi kutilmoqda.

    Shu munosabat bilan respublika bo‘ylab jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida kuchaytirilgan tartibdagi xizmat tashkil etilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda boshqa mas’ul idoralarning 23 mingga yaqin xodimi jalb qilinadi.

    Qayd etilishicha, ayni paytda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti huzuridagi monitoring va muvofiqlashtirish markazida idoralararo tezkor shtab faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, barcha viloyat, shahar va tumanlarda ham ishchi guruhlar uzluksiz faoliyat yuritmoqda.

    Bundan tashqari, 9 mingdan ortiq musulmon qabristonlariga 1 milliondan ziyod fuqaro tashrif buyurishi, 200 dan ortiq bozor va savdo majmualarida esa aholi gavjumligi kuzatilishi prognoz qilingan.

    Mazkur hududlarda jamoat tartibi va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun 10 mingga yaqin huquq-tartibot organlari xodimlari hamda harbiy xizmatchilardan iborat patrul guruhlari jalb etiladi.

    Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida masjidlar, qabristonlar va boshqa jamoat joylari yaqinida qo‘shimcha avtoturargohlar tashkil qilinadi. Ularning obyektlardan 150 metr masofada joylashtirilishi ma’lum qilingan.

    Bayram kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq va Parkent tumanlari, Jizzax viloyatidagi Zomin tumani hamda Qashqadaryo viloyatidagi Shahrisabz tumaniga tashrif buyuruvchilar soni oshishi kutilmoqda. Shu sabab ushbu yo‘nalishlarda ham qo‘shimcha kuch va vositalar safarbar etiladi.

    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *