Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda 11,6 milliondan ortiq bola yashaydi — statistika

Mukj

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Milliy statistika qo‘mitasi O‘zbekistondagi bolalar soniga oid ma’lumotlarni e’lon qildi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatida mamlakatda 0–14 yoshdagi bolalar soni 11 million 630 ming 879 nafarni tashkil etgan.

Shundan:

  • 6 million 30 ming 736 nafari o‘g‘il bolalar;
  • 5 million 600 ming 143 nafari qiz bolalardir.

Statistik ma’lumotlar O‘zbekistonda o‘g‘il bolalar soni qizlarga nisbatan ko‘proq ekanini ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, 2026-yilning yanvar—mart oylarida mamlakat bo‘yicha jami 191 ming 86 ta tirik tug‘ilish qayd etilgan.

Ularning 98,5 ming nafari o‘g‘il bolalar, 92,6 ming nafari esa qiz bolalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Natijada tug‘ilgan chaqaloqlarning 51,5 foizini o‘g‘il bolalar, 48,5 foizini esa qiz bolalar tashkil etgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, tug‘ilishlarning asosiy qismi qishloq hududlarida qayd etilgan.

Xususan, yilning dastlabki uch oyida qishloq joylarda 97,4 mingta, shaharlarda esa 93,7 mingta tug‘ilish holati ro‘yxatga olingan.

Mutaxassislar qayd etishicha, bolalar mamlakat aholisining salmoqli qismini tashkil etishda davom etmoqda. Bu esa O‘zbekistonda aholining yosh tarkibi nisbatan yuqori darajada saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *