Qo‘qon shahrida yo‘ldan o‘tayotgan uch nafar voyaga yetmagan qizni Malibu-2 avtomobili urib yuborishi oqibatida ulardan biri vafot etdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 20-may kuni soat 16:00 atrofida sodir bo‘lgan. Voyaga yetmagan Z.A. Malibu-2 rusumli avtomobilni Qo‘qon shahridagi Amir Temur ko‘chasida boshqarib ketayotib, piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 2016-yilda tug‘ilgan uch nafar qizni urib yuborgan.
Oqibatda qizlardan biri — 10 yoshli M.K. olgan tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan avtomobilni boshqargan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi — transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Shuningdek, u Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ota-onalarga murojaat qilib, voyaga yetmagan hamda haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan farzandlarga avtomobil boshqarishga ruxsat bermaslikka чақирди.