Haftalik

Haftalik yangiliklar

    O‘zbekistonda Harbiy prokuror almashdi

    Juk

    O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan mamlakat Harbiy prokurori o‘zgardi. Bu haqda Sherzod Asadov ma’lum qildi.

    Farmonga ko‘ra, Qahramon Isroilov O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosari — harbiy prokurori lavozimiga tayinlandi. U ushbu tayinlovga qadar harbiy prokuror o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.

    Shuningdek, prezidentning boshqa bir farmoni bilan Otabek Xolboyev O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosari — harbiy prokurori lavozimidan ozod etildi.

    Ma’lumot uchun, Otabek Xolboyev ushbu lavozimga 2025-yil may oyida tayinlangan bo‘lib, harbiy prokuror sifatida qariyb bir yil faoliyat yuritdi.

    Hozircha uning lavozimdan olinishi sabablari hamda keyingi faoliyati haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *