Haftalik

Haftalik yangiliklar

Namanganda 11-sinf o‘quvchisi unashtirilgan yigiti tomonidan pichoqlab o‘ldirildi

Pico

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida 11-sinf o‘quvchisi bo‘lgan qiz pichoqlab o‘ldirildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda qizning bitiruv oqshomi uchun tiktirilgan ko‘ylagi unashtirilgan yigitiga yoqmagani sabab ular o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 6-may kuni soat 08:30 lar atrofida sodir bo‘lgan. 28 yoshli N.M. rashk sabab o‘zi bilan unashtirilgan 18 yoshli Q.I. bilan janjallashgan.

Aniqlanishicha, erkak qizni o‘ldirish maqsadida yonidagi pichoq bilan uning ko‘krak va qorin qismiga bir necha marotaba tan jarohati yetkazgan va voqea joyidan yashiringan.

Qiz olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Hodisa joyiga tezkor-tergov guruhi chiqib, voqea joyi ko‘zdan kechirildi, daliliy ashyolar olindi hamda tegishli ekspertizalar tayinlandi.

Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tuman prokuraturasi tomonidan N.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi — qasddan odam o‘ldirish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *