Haftalik

Haftalik yangiliklar

Tadbirkor “Real Sanjik” 5 yilga qamaldi

Xs

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudida 8-may kuni tadbirkor Sanjar Karimovga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Sud hukmiga ko‘ra, Sanjar Karimov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi — firibgarlik, 112-moddasi 1-qismi — o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish hamda 273-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va o‘tkazish jinoyatlarini sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

Sud hukmi bilan unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 410 baravari miqdorida jarima tayinlandi.

Jazolar alohida-alohida ijro etilishi belgilangan.

Shuningdek, sud hukmida jabrlanuvchi Sh.A.ga yetkazilgan moddiy zarar qoplangani qayd etilgan.

Bundan tashqari, jabrlanuvchilar Sh.A. va F.R.ga jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar yuzasidan fuqarolik tartibida sudga murojaat qilish huquqi tushuntirilgan.

Sanjar Karimov sud qaroridan norozi ekanini bildirib, “Men o‘ylaymanki, sudya adolatli, xolisona qaror chiqarmadi”, degan.

Sud qaroridan norozi tomonlar belgilangan tartibda yuqori sud instansiyasiga shikoyat kiritishi mumkinligi eslatildi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *