Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 6 nafar bola 21-aprel kuni O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bolalarni qaytarish idoralararo hamkorlik hamda Rossiya Ichki ishlar vazirligi bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik natijasida amalga oshirilgan.
Bolalar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti orqali Toshkent shahriga olib kelinib, o‘z oilalari bag‘riga topshirildi.
Hozirda bolalar va ularning oilalarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda doimiy kuzatib borish ishlari yashash joylaridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan olib borilmoqda.
