Haftalik

Haftalik yangiliklar

Bojxona tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Bj

O‘zbekistonda 21-aprel kuni Bojxona qo‘mitasining hududiy boshqarmalari rahbariyatida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Qo‘mita raisi buyrug‘i bilan Bahodir Qutlimuratov Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Mazkur lavozimda ishlab kelgan Zafarjon Turdaliyev esa Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib o‘tkazildi.

Shu munosabat bilan To‘rayev Shavkat Shonazarovich Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod etilib, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Bahodir Qutlimuratov tayinlovga qadar Andijon viloyati bojxona boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Uning o‘rniga Qahramon Umarov Andijon viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bungacha Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasiga esa Iskandar Agzamxo‘jayev rahbar etib tayinlandi. U tayinlovga qadar “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasiga rahbarlik qilib kelgan Salixov Shavkat Sanʼatovich lavozimidan ozod etilib, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib Nargiza Xoshimova tayinlandi. U bungacha Toshkent viloyati bojxona boshqarmasida Moliya-iqtisodiyot sho‘basining bosh inspektori lavozimida ishlagan.

Shuningdek, Jasurbek Fayzullayev Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Namangan viloyati bojxona boshqarmasiga rahbarlik qilgan Umidjon Qodirov esa Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi.

Bundan tashqari, Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib Dildora Azimova tayinlandi. U tayinlovga qadar “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida Bojxona to‘lovlari va statistikasi sho‘basi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *