Haftalik

Haftalik yangiliklar

Para sportchilar hamrohlari uchun xarajatlar qoplab beriladi va maosh to‘lanadi

Tr'

Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda para sportchilar bilan o‘quv-yig‘inlar va musobaqalarda hamrohlik qiladigan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tizim joriy etilishi belgilandi.

Unga ko‘ra, hamrohlik qiluvchi shaxslarning transport va yashash xarajatlari qoplab beriladi. Shuningdek, ularga har oy sport maktablari trenerlari oyligiga teng miqdorda maosh to‘lanadi.

Yig‘ilishda adaptiv sport turlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish masalalari ham muhokama qilindi. Xususan, Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent filiali inklyuziv sport yo‘nalishida tayanch oliygoh sifatida belgilanishi ma’lum qilindi.

Mutasaddilarga ushbu yo‘nalishda tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish topshirildi. Jumladan, sport vaziri Adham Ikromov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva hamda O‘zbekiston Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi.

Davlat rahbari para sportchilar erishayotgan natijalarda ularni doimiy qo‘llab-quvvatlayotgan fidoyi insonlarning hissasi katta ekanini ta’kidladi. Shu bois ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish va zarur sharoitlarni yaratish muhimligi qayd etildi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *