Unmm

Hukumat qarori bilan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga ijara huquqini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, ijara oluvchi faqat qonunchilikda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqlarini ijara beruvchining roziligisiz garovga qo‘yishga haqli.

Yer uchastkasiga ijara huquqini garovga olgan holda kredit berish tartibi kredit tashkiloti tomonidan ichki qoidalarga muvofiq mustaqil belgilanadi.

Kredit tashkiloti tomonidan kredit ta’minoti sifatida ijara huquqi yer uchastkasining ijara muddati va uning bozor qiymatidan kelib chiqib garovga olinadi.

Bunda garovga qo‘yilayotgan yer uchastkasining ijara huquqi muddati kreditni qaytarish muddatidan kamida 5 yil ortiq bo‘lishi lozim.

Yer uchastkasiga ijara huquqi garovini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali tomonidan amalga oshiriladi.

Ijara huquqini garovga qo‘yuvchi tugatilganda, garov oluvchi garov predmetiga muddatidan oldin undiruv qarash huquqiga ega bo‘ladi.

By admin