Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati Mirzo Ulug‘bek tumani sudi sobiq sudyasi R.R.ga nisbatan hukm chiqardi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1981-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan R.R. Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) hamda 267-moddasida (transport vositasini olib qochish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.
Sud qaroriga muvofiq, unga 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Avvalroq, R.R. vakolatlaridan muddatidan oldin mahrum etilgani va jinoyat sodir etilgan paytda mast holatda bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
