Haftalik

Haftalik yangiliklar

Singapurda yashovchi va sayohat qiluvchi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Il

1-sentyabrdan kuchga kirgan yangi qonunchilik choralari munosabati bilan Singapurda yashovchi va sayohat qiluvchi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi.

Ma’lum qilinishicha, endilikda Singapurda tamaki mahsulotlarini qizdiruvchi qurilmalar (IQOS va boshqalar), elektron sigaretalar (veyplar), xususan “K-pods” turidagi qurilmalar hamda tarkibida etomidat mavjud bo‘lgan veyplarga nisbatan qatʼiy cheklovlar joriy etildi. Ushbu turdagi mahsulotlarni Singapurga olib kirish, sotish, saqlash va foydalanish taqiqlanadi.

Qonunchilikka muvofiq qo‘llaniladigan choralar:

  • Saqlash yoki chekish uchun — 2 000 SGD gacha jarima;

  • Sotish yoki olib kirish uchun — 10 000 SGD gacha jarima va 6 oygacha qamoq; takroriy huquqbuzarlikda — 20 000 SGD gacha jarima va 12 oygacha qamoq;

  • Takroriy hollarda majburiy reabilitatsiya va keyinchalik jinoiy javobgarlikka tortish mumkin.

Shuningdek, “K-pods” turidagi veyplar giyohvand moddalar bilan bog‘liq qurilma deb topiladi, etomidat esa Singapurda S-sinf giyohvand moddalar ro‘yxatiga kiritilgan. Bunday mahsulotlar kontrabandasi uchun 3 yildan 20 yilgacha qamoq hamda 5 tadan 15 tagacha qamchi jazosi belgilanishi mumkin.

O‘zbekiston fuqarolari yuqoridagi cheklovlarga qat’iy rioya qilishlari va sayohat yoki yashash davomida ushbu qoidalarga amal qilishlari so‘raladi. Elchixonaga savol yoki yordam uchun murojaat qilish mumkin.

One thought on “Singapurda yashovchi va sayohat qiluvchi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

  1. Bu Singapurda sigaretani olish uchun jazo tayyorlashni yaxshi bilishdi! Boshqa joylarda cheklovlar deb atalgan narsalarga qaraganda, ularning cheklovlari juda yoqimli. Masalan, etomidatli K-podsni olib kirish uchun 20 yil qamalgan bolsa, endi ular uni giyohvand moddalar bilan bogliq qurilma deb hisoblashdi! Singapurliklar uchun bu oxshash bolishi mumkin, lekin O‘zbekistonliklarga uchun bu juda o‘ziga xos. Biroq, Singapur o‘rmonining qattiq qoidalari haqida yozilgan bo‘lsa, bu O‘zbekiston fuqarolariga yaxshi xabardorlik beradi. Aytganda, Singapurda sigaretani yaxshi olish uchun jazo tayyorlashni yaxshi bilishdi!wedding vows script

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *