Tnn

Surxondaryoda 15 yoshli qiz majburan turmushga berilgani haqida tarqalgan xabar yuzasidan Bolalar ombudsmani ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, 2024-yil 7-avgust kuni Denov tumanida yashovchi 1958-yilda tug‘ilgan ayol nabirasi A.R. (2009-yilda tug‘ilgan)ni shu tumanda yashovchi M.R. (1997-yilda tug‘ilgan)ga turmushga berish marosimini tashkil qilgan.

Voyaga yetmaganligi sababli A.R. bilan M.R.ning nikohi qonuniy tartibda qayd etilmagan. Biroq fuqaro I.M. (1950-yilda tug‘ilgan) moddiy manfaat evaziga ularga shar’iy nikoh marosimini o‘tkazgan.

Holat yuzasidan I.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 125-1-moddasi, M.R.ga nisbatan esa 128-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari Denov tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan olib borilmoqda.

By admin