Haftalik

Haftalik yangiliklar

Ozarbayjondagi og‘ir vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Nyy

“O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi ko‘magida Boku shahrida og‘ir vaziyatga tushib qolgan hamyurtimizning oilasi bag‘riga qaytishi ta’minlandi”. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Diplomatik missiya ma’lumotiga ko‘ra, Namangan viloyatida tug‘ilgan fuqaro X.M. O‘zbekistonga yetib olish uchun elchixonaga murojaat qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, u 2-sentyabr kuni vaqtincha ishlash maqsadida Ozarbayjon orqali Gruziyaga borish uchun Boku shahriga kelgan. Biroq, Gruziya chegara xizmati unga kirishga ruxsat bermagan va u ortga qaytishga majbur bo‘lgan.

Murojaat o‘rnatilgan tartibda o‘rganilganidan so‘ng X.M.ga zarur yordam ko‘rsatilib, uning uchun Boku – Toshkent yo‘nalishidagi aviachipta xarid qilingan. 8-sentyabr kuni fuqaro O‘zbekistonga qaytarilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *