Haftalik

Haftalik yangiliklar

Chilonzorda qurilish krani qulab tushdi. Qurbon bor

Qr

Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanida minorali qurilish krani ag‘darilgani aks etgan video tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 8-sentyabr kuni soat 18:00 larda Chilonzor tumani, Tirsakabod ko‘chasida olib borilayotgan qurilish hududida minorali qurilish kranini o‘rnatish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmagani oqibatida kran qulab tushgan.

Natijada o‘rnatish ishlarini olib borayotgan 2000-yilda tug‘ilgan yollanma ishchi L.A. olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, 2004 yilda tug‘ilgan I.Q. hamda 2000 yilda tug‘ilgan M.A. turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” va “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *